Amalga oshirilgan loyihalar
"Yuksalish" harakati tomonidan Xorazm, Surxondaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlaridagi mahallalarida 9 ta quduqlar ishga tushirildi va 23 mingdan ziyod aholi toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi.
Umumiy 2 mlrd 819 mln so‘m mablag‘ jalb qilindi.
-
Xorazm viloyati
Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 10 000 litr hajmli inshoot oʼrnatildi. Bu 550 ishchi, 250 kundalik tashrif buyuruvchi va 200 dan ortiq bemorni tozalangan ichimlik suvi bilan taʼminlandi.
Yangibozor tumani Boʼston maxallasida quduq qazilib filtr o'rnatildi va 2100 fuqarosi tozalangan ichimlik suvi bilan taʼminlandi.
Shovot tumani, Boʼston maxallasining Mevazor va Obod koʼchalarida quduq qazib chiqarildi va 2 000 nafarga yaqin aholi ichimlik suvi bilan taʼminlandi.
Shovot tuman tibbiyot birlashmasida 4350 litr hajmli inshoot oʼrnatildi. Bu 1814 ishchi, 150 kundalik tashrif buyuruvchi, 333 bemor va 2000dan ortiq Doʼstlik mahallasi aholisini tozalangan ichimlik suvi bilan taʼminlandi.
Xiva tuman tibbiyot birlashmasida 5000 litr hajmli inshoot oʼrnatildi. Bu 780 ishchi, 200 kundalik tashrif buyuruvchi va 512 bemorni tozalangan ichimlik suvi bilan taʼminlandi.
Homiylar: Uz tex shovot
Xayitov Farxod -
Surxondaryo viloyati
Termiz shahar “Nurli Kelajak” mahallasida quduq qazib chiqarildi va 5000 dan ortiq aholi tozalangan ichimlik suvi bilan taʼminlandi.
Homiy: “MO‘JIZA TRADE CONSTRUCTION”
Bandixon tumani “Navbahor” mahallasida 200 metr chuqurlikdan suv chiqarildi va 2500 nafar aholi suv bilan taʼminlandi.
Homiy: “Nuriddin Zulfiqorov” MCHJ -
Navoiy viloyati
Xatirchi tumani, Koʼksaroy mahallasida quduq qazib chiqarildi va 1 500 nafar aholi uchun tozalangan ichimlik suvi bilan taʼminlandi.
Homiy: “TIANCHENG STONE” -
Samarqand viloyati
Urgut tumani, “Qoratepa” mahallasida quduq qazib chiqarildi va 2000 dan ortiq aholi uchun tozalangan ichimlik suvi bilan taʼminlandi.
Homiy: Nayman Fermer xoʻjaligi
