• slider
    Suv chiqaramiz! Hayot ulashamiz!
    Hamyurtlarimiz toza ichimlik suvidan bahramand bo‘lishlariga siz ham sababchi bo‘ling!
  • slider
    Suv chiqaramiz! Hayot ulashamiz!
    Hamyurtlarimiz toza ichimlik suvidan bahramand bo‘lishlariga siz ham sababchi bo‘ling!

AKSIYA HAQIDA


Soʼnggi yillarda mamlakatimizda suvdan oqilona foydalanish, uning sifati va xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, suv isteʼmolini hisobga olishning zamonaviy innovatsion tizimlarini joriy etish boʼyicha kompleks chora-tadbirlar koʼrilgan holda suvdan foydalanish, shu jumladan suv taʼminoti va suv chiqarish sohasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Respublika boʼyicha 1,5 million kishining uyida suv yoʼq, 2,5 million kishining ichimlik suvi taʼminoti yomonlashgan.


Shu sababli 2023 yilning oktyabr oyida “Yuksalish” harakati tashabbusi bilan faol tadbirkorlar bilan hamkorlikda “Hayot ulash” xayriya aksiyasiga start berildi. Aksiya ichimlik suvi tanqis bo‘lgan hududlar aholisiga yordam berishga qaratilgan. Aksiya doirasida O‘zbekistonning chekka mahalla va qishloqlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga ko‘maklashish rejalashtirilgan. Аksiya ochiqlik, adolatlilik va shaffoflik printsiplari asosida amalga oshirishmoqda.


Аksiyaga faol fuqarolar va tadbirkorlarning moliyaviy koʼmagida amalga oshirilmoqda va uning doirasida 40 mingga yaqin aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash rejalashtirilgan.


“Hayot ulash” xayriya aksiyasini amalga oshirish bosqichlari:

- Respublikaning 14 ta hududidagi eng chekka mahallalarda vaziyat oʼrganildi va suv chiqarish mumkin boʼlgan birlamchi roʼyxat shakllantirildi;

- Quduq qazish, filtr oʼrnatish ishlari boʼyicha tadqiqotlar olib borildi;

- Yer ostidagi suvning iste’molga yaroqlik holati mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o’rganiladi va kerakli hujjatlar tayorlanadi;

- Molivaviy ko‘mak jalb etilgandan so’ng loyihani amalga oshirish ishlari boshlanadi;

- Tayor ob’ekt mas’ul tashkilot (MFY, maktab, shifoxona) balansiga topshiriladi.

Aksiya ichimlik suvi tanqis bo‘lgan hududlar aholisiga yordam berishga qaratilgan. Aksiya doirasida O‘zbekistonning chekka mahalla va qishloqlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga ko‘maklashish rejalashtirilgan.

Manzil
  • Toshkent shahri Furqat ko‘chasi 1-uy.
    “Do‘stlik va NNTlar uyi” binosi,
    8-qavat

  • Email: info@hayotulash.uz